Joao Pedro nima uchun «Chelsi»da 9-raqamni tanladi?
Гордость Лондона ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 32

Joao Pedro nima uchun «Chelsi»da 9-raqamni tanladi?

Matt Lou yozishicha, Joao Pedro «Chelsi»ga kelgan ilk kunidanoq 9-raqamni olishni istagan.

«Bu yozda imkoniyat tug'ilganda, u 9-raqam la'nati uni to'xtatib qolishiga yo'l qo'ymoqchi emas edi», — deyiladi xabarda.

Liam Delapning «Chelsi»ga o'tishi braziliyalik futbolchiga o'tgan mavsumda ushbu raqamni olishga imkon bermadi. Hujumchi Didye Drogbaga bo'lgan hurmati sabab 11-raqamni ham yoqtirgan, biroq u Jeymi Gittensga nasib etgan. Yakunda Pedro 20-raqamni tanlagan, chunki Koul Palmer bu raqam ostida yaxshi o'yin ko'rsatib, gollar urgan edi.

«Chelsi» sport rahbariyatidan Sem Juell Pedroni «Brayton»da o'ynagan vaqtidayoq yaxshi tanigan va Enzo Mareska futbolchining o'yin uslubini noto'g'ri belgilaganini tushungan.

Yil boshida Mareskani almashtirgan Liam Rosenyor braziliyalik futbolchining salohiyatini to'g'ri baholadi va uni maksimal darajada ochishga kirishdi. Rosenyor dastlabki haftalarda Joao bilan ko'p marta yakkama-yakka suhbatlar o'tkazdi. Aynan o'sha vaqtda futbolchi murabbiyga «Chelsi» va Braziliya terma jamoasida 9-raqam ostida o'ynashni xohlashini aytgan.

Rosenyor suhbatlar va video tahlillar orqali Pedroning o'yin uslubini o'zgartira boshladi, natijada futbolchi maydonning keraksiz hududlarida kuch sarflamay, ko'proq gol urish imkoniyatlari yuzaga keladigan zonalarda harakatlana boshladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!