Joao Pedro: Xabi Alonso bizga erkinlik beradi
Breakeven’s | Челси ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 11

Joao Pedro: Xabi Alonso bizga erkinlik beradi

Joao Pedro Xabi Alonso haqida fikr bildirdi:

Biz u bilan biroz gaplashib oldik. U futbolchilar bilan muloqot qilishni yaxshi ko'radi va o'zi ham APLda o'ynagani uchun futbolchilar qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirishini juda yaxshi tushunadi. U hayotimizni biroz osonlashtirishga va har bir o'yinchi bilan yaxshi munosabat o'rnatishga harakat qilmoqda.
U menga: "Joao, sen buni yoki anuni qilishing kerak" demaydi. O'ylaymanki, u o'zimni erkin his qilishimni istaydi. Mashg'ulotlarda ba'zan markazda, ba'zan qanotda o'ynayman. Ba'zida Koul uchun bo'sh joy yaratish maqsadida oldinda qolaman. Ba'zida esa Koul bo'sh zonaga yorib kiradi, men esa orqaroqqa tushaman. U menga harakat erkinligini bermoqda va bu menga juda yoqadi.
U APLda xatolarga yo'l qo'yib bo'lmasligini biladi. Bir marta xato qilsang, bu senga uch ochkoga qimmatga tushishi mumkin. O'ylaymanki, u bu jihatda yaxshiroq bo'lishimizga katta yordam beradi.
Bundan tashqari, tarkibimizga bir nechta ajoyib yangi futbolchilar qo'shildi. Jamoa ancha kuchayadi deb o'ylayman va nasib qilsa, bizni yaxshi mavsum kutib turibdi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!