Jose Mourinyo futbolchilarga nisbatan qat'iy tartib-intizom o'rnatmoqda
Real Madrid CF ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 8

Jose Mourinyo futbolchilarga nisbatan qat'iy tartib-intizom o'rnatmoqda

💦 AS xabariga ko'ra, futbolchilarga endilikda istagan narsasini yeyishga ruxsat berilmaydi.

Jamoa ovqatlanish tartibi endi diyetolog nazoratida bo'ladi, menyu esa belgilangan reja asosida oldindan tuzib chiqiladi.

Mashg'ulotga bir daqiqa bo'lsa ham kechikkan har qanday futbolchi istisnosiz ravishda jazo sifatida klub trenajyor zalida qo'shimcha mashg'ulot o'tkazishi shart.

Jarohatlardan keyingi reabilitatsiya jarayoni ham chet ellik mutaxassislarni jalb qilmagan holda, faqat jamoa bazasida va klub nazorati ostida o'tishi kerak.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!