Jose Mourinyo: "Vinisius yana o'zini ko'rsatadi. Gap faqat qachon sodir bo'lishida. "Atletiko"ga qarshi o'yindan keyin men Vinisius bilan ishlash yondashuvini o'zgartirishga qaror qildim. Men uni bosimdan biroz himoya qilib, aynan u kabi futbolchi kerak bo'lgan pallalarda maydonga tushirmoqchi edim.
O'ylaymanki, bu ish berdi. Vaqti-vaqti bilan norozilik bildirgan "Madrid" muxlislari "Vilyarreal" bilan bahs davomida u isinishni boshlashi bilan darhol Vinisiusni qo'llab-quvvatlashdi. Hisoblaymanki, bu u uchun burilish nuqtasi bo'ldi. Zaxiradan maydonga tushib, u juda yaxshi o'yin o'tkazdi.
Afsuski, hammasi bekor qilingan gol va qizil kartochka bilan yakunlandi. Biroq, Vinisiusda nimadir o'zgargandek tuyuldi: unga o'yindan zavq olish hissi qaytdi va u aslida qanday futbolchi ekanligini esladi"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!