📺 El Chiringuito boshlovchisi Josep Pedrerol Jose Mourinhoning "Real"dagi faoliyati va Florentino Peres bilan munosabatlari haqida fikr bildirdi:
Mourinho — "Madrid"ning Peres chin dildan yaxshi ko'radigan yagona murabbiyi. Men ham Jose muxlislaridan biriman.
"Madrid"da u qaytganidan keyin hamma narsa o'zgardi: agar avval jamoada ajoyib futbolchilar bo'lsa-da, kiyim almashtirish xonasida tartibsizlik va murabbiy nazorati yo'q edi, endi Mourinho intizomni qaytardi va futbolchilarga o'z xarakterini singdirdi.
Mourinho 24 soat davomida futbol bilan yashaydi. Shu bois uning qo'l ostida futbolchilar maydonda sayr qilmasdan, yugurishlari shart... Jose — futbolchilar bilan ishlash bo'yicha eng yaxshi psixolog.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!