Joze Mourinyo nima uchun «Manchester Yunayted»ni rad etganini tushuntirdi
Гордость Лондона ↗ ●●●●● Matbuot 👁 22

Joze Mourinyo nima uchun «Manchester Yunayted»ni rad etganini tushuntirdi

🎙️ Joze Mourinyoning Netflix'dagi hujjatli filmidan iqtibos:

«Manchester Yunayted»da ser Aleks Fergyusonning vorisi bo'lish men uchun shaxsiy drama edi. «Real»dan ketganimdan so'ng darhol «Yunayted»ga o'tishga rozi bo'ldim va shartnoma imzoladik.
Shartnoma imzolanganidan 4 soat o'tib, Fergyusonga ko'z yoshlar bilan qo'ng'iroq qildim va buni uddalay olmasligimni aytdim. U g'azablandi, lekin meni tushunishini bildirdi. Men shunchaki «Chelsi»ga qaytmasdan tura olmasdim.
Ammo men afsuslanmayman, chunki bu qarorni qalbim bilan qabul qilganman. Shekilli, Nitsshe agar biror ishni sevgi bilan qilsang, doimo to'g'ri yo'l tutasan, degan. Nazarimda, bu Nitsshe. Men buni sevgi tufayli qildim. O'z qadrdon klubimga bo'lgan sevgi tufayli».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!