Joze Mourinyo: "Yamalni "Real"ga olib kelmagan bo'lardim"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 3

Joze Mourinyo: "Yamalni "Real"ga olib kelmagan bo'lardim"

"Real Madrid" ustozi Joze Mourinyoning "El Chiringuito" nashriga bergan intervyusining ikkinchi qismi:

"Lamin Yamalni "Real Madrid"ga olib kelarmidim? Yo'q. U ajoyib futbolchi, lekin bizda allaqachon top-darajadagi tarkib bor. Xans-Diter Flik qo'l ostidagi "Barselona" menga yoqadi, ammo mening futbolchilarim eng yaxshisi".
"Arda Gulerga muxlisman. O'ylashimcha, u Luka Modrich bosib o'tgan yo'ldan boradi: faoliyatining boshida "o'nlik" pozitsiyasida o'ynagan bo'lsa, keyinchalik markaziy yarim himoyachi, oxirida esa tayanch yarim himoyachisiga aylanadi".
"Rahbariyatdan Yan Diomandeni sotib olishni so'raganmidim? Yo'q. Garchi uni transfer qilishni talab qilmagan bo'lsam-da, uni jamoamda ko'rishni istaganman. U hujumning har ikki qanotida ham o'ynay oladigan ajoyib futbolchi".
"Benfika"da uzoqroq qolish imkoniyatini ko'rib chiqqandim. Biroq "Real Madrid" men bilan bog'langach, kelajagim borasida qaror qabul qilish juda oson kechdi. "Madrid"ga qaytish men uchun juda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, birinchi tashrifimdan farqli o'laroq, bu safar "Real Madrid"ni hech qanday sovrin yutmagan holda qabul qilib oldim. Yangi sovrin yutgan murabbiyni tayinlash osonroq. Klubga qaytganimning sababi shuki, rahbarlar meni allaqachon yaxshi bilishadi".
"Bernardu Silva "Madrid"ga maydonda borini beradi. U o'yinni o'zgartira oladi. Uning "Real Madrid" safida to'p surishidan barchamiz juda xursandmiz".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!