❓ Jurnalist: «Diego Simeone haqida nima deb o'ylaysiz? Yillar oldin siz Chempionlar ligasini yutmagan murabbiyni baholab bo'lmaydi, degandingiz...»
🎙 Joze Mourinyu: «Faoliyat davomida shunchalik ko'p bema'ni gaplar aytasanki, agar ortga qaytib ko'rib chiqsang, bizning hech birimiz bema'ni gaplar aytmagan bo'lmaymiz. Yoki lahza ta'siri ostida, yoxud strategik maqsadlarda aytilgan gaplar. Meni Simeone haqidagi hujjatli filmda fikr bildirishga taklif qilishdi va men bir soniya ham ikkilanmadim. Biz raqibmiz, lekin jangdagi safdoshmiz».
❓ Savol: «Atletiko» tarkibini qanday baholaysiz?»
🎙 Joze Mourinyu: «Men tarkiblarni solishtirishni istamayman. Mendan Oblak va Kurtuani solishtirishimni so'ramang. Nima deya olaman: kuchli tarkib, ko'plab variantlar, buyuk murabbiy va o'ziga yoqqan, o'zini va o'z DNKsini aks ettiradigan futbolchilarni tanlaydigan inson. Ko'p yillik mehnat. Men bu jamoaga qarayman va ishonamanki, ular La Ligada oxirigacha kurash olib borishadi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!