Joze Mourinyu «El Chiringuito» dasturida blits-so'rovnomada qatnashdi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 29

Joze Mourinyu «El Chiringuito» dasturida blits-so'rovnomada qatnashdi

Joze Mourinyu «El Chiringuito» dasturida blits-so'rovnomadan o'tdi:

• O'zingizni bir so'z bilan ta'riflang:
Normal.

• Siz eng yaxshisimisiz?
Eng yomoni emasman.

• Madrid, Lissabon yoki London?
Setubal.

• Uyg'onganingizda qiladigan birinchi ishingiz?
Yana 10 daqiqa uxlab olish.

• Agar bir sutka davomida sizni ko'chada hech kim tanimasa, nima qilgan bo'lardingiz?
Oddiy odamlar qiladigan ishlarni qilardim. Dam olardim, oilam bilan kechki ovqatlanardim, sayr qilardim, plyajga borardim. Hozir menga qiyin bo'lgan oddiy narsalar.

• Odamlar aslida siz haqingizda nima deb o'ylashadi deb o'ylaysiz?
Ular juda yaxshi murabbiy ekanligimni bilishadi. Qolgani menga qiziq emas.

• Dam olish kunlari nechta o'yin tomosha qilasiz?
O'z ligamizdagi, shuningdek, sobiq jamoalarim va do'stim bo'lgan murabbiylarning o'yinlarini imkon qadar ko'proq ko'rishga harakat qilaman.

• Filmlar yoki seriallar?
Seriallar.

• Sevimli serialingiz?
Kulasiz. Bu mening sevimli serialim emas, lekin kecha ko'rdim — «Ted Lasso». Fenomenal serial.

• Ted Lasso sizga o'xshaydimi?
Yo'q, lekin serial fenomenal.

• Sizga kun bo'yi kayfiyat bag'ishlaydigan qo'shiq?
Men unchalik musiqiy odam emasman.

• VAR — ha yoki yo'q?
VAR joriy etilishidan oldin menga reklama qilingan VAR — ha. Chunki o'sha VAR har bir yaqqol xatoni ko'rib chiqishi kerak edi. Lekin bugungi VAR — yo'q.

• Eng katta kamchiligingiz?
Tilimni boshqara olmayman.

• Eng katta ustunligingiz?
Tilimni boshqara olmayman.

• «Real Madrid» — bu...?
Tarixdagi eng buyuk klub.

• Florentino Peres — bu...?
Futbol tarixidagi eng buyuk prezident. Faqat ikki prezident sportning bu turida eng yuqori cho'qqiga erishgan va ikkalasi ham bir xil klubni boshqargan.

• «El Chiringuito» — bu...?
«Benfika», «Roma» va h.k.larni boshqarayotganingizda juda qiziqarli dastur. Lekin «Madrid» murabbiyiga «El Chiringuito»ni ko'rmagan ma'qul.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!