Jud Bellingem klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida Joze Mourinyu qo'l ostidagi o'zgarishlar va jamoadagi muhit haqida gapirdi.
Mourinyu qo'l ostida maydondagi rolim? Menda yana ko'proq erkinlik paydo bo'ldi. Endi qachon pastroqqa tushishni yoki «o'nlik» pozitsiyasida qolishni, qachon esa raqib jarima maydonchasiga yorib kirishni o'zim hal qila olaman.
O'ylashimcha, «o'nlik» pozitsiyasi men uchun eng maqbuli, chunki u barcha mahoratimni namoyish etishga imkon beradi. Jozega menga bildirgan ishonchi va shunday o'ynashimga ruxsat bergani uchun juda minnatdorman.
«Sosedad»ga qarshi o'yinda Mbappe uchun assist? Aynan Kilianning harakati tufayli gol ura oldik. Men shunchaki to'pni Mbappe uchun bo'sh zonaga uzatishim kerak edi. U o'zining katta tezligi evaziga ko'pchilik to'plarga yetib bora oladi va ajoyib zarba yo'llaydi.
O'sha o'yinda Vinisiusga berilgan assist? Menda hali kuch qolgandi. O'sha lahzada adrenalin bilan to'la edik va raqibni ajoyib tarzda pressing qildik.
Zarbam bloklangandi, shuning uchun to'pni qaytarib olish uchun yuqori pressingga o'tishga qaror qildim. O'ylashimcha, to'p yo'qotilganda bu futboldagi eng muhim jihatlardan biri. Keyin to'pni olib qo'ydim, raqibni dribling bilan dog'da qoldirdim va Vinisiusga uzatma berdim. Gol urilgach, Vini meni mahkam quchoqlab: «Rahmat», dedi.
«Madrid»ning La Ligadagi dastlabki ikki turdagi g'alabasi? Chempionlar ligasi boshlanadigan murakkab davr oldidan ajoyib formada bo'lish juda muhim. Mavsumni yaxshi boshlaganimizdan xursandman. Umid qilamanki, shu ruhda davom etamiz.
«Madrid» yangi futbolchilari o'zlarini fantastik tarzda ko'rsatishmoqda. O'ylashimcha, ular birinchi navbatda shaxs sifatida kiyinish xonasini hayratda qoldirishdi, bu esa eng muhimi, keyin esa futbolchi sifatida.
«Real Madrid»ga o'tish va u yerdagi katta bosim ostida o'zingni ko'rsatish oson emas. Albatta, bizda yangi murabbiylar shtabi bor, ammo jamoaga yangi kelganlar uchun «Madrid»da juda ko'p yangi narsalar bor. Har holda, ular jamoamizga mukammal darajada moslashishdi deb o'ylayman. Ular bizning safimizda to'p surayotganidan xursandmiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!