⚡️Julian Uord «Liverpul»ning yangi sport direktori lavozimiga tayinlanishga yaqin turibdi!
Uord 2012-yildan buyon klub tizimida faoliyat yuritib keladi. U 2022/23-yilgi mavsumda «Liverpul»da sport direktori sifatida ishlagan: o'sha davrda Dias, Gakpo va Mak Allister transferlari aynan uning hissasiga to'g'ri keladi (Darvin transferida esa Yurgen Kloppning o'zi talab qilgan). O'sha mavsum yakunida u klubni tark etgandi. Xabarlarga ko'ra, bunga Kloppning tarkibni shakllantirishdagi ta'siri ortib borayotgani sabab bo'lgan. 2024-yilning may oyidan buyon Uord FSG texnik direktori hisoblanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!