Juventus Frank Kessié transferi bo'yicha muzokaralarni jadallashtirdi. Turinliklar raqobatchilarni ortda qoldirish maqsadida ivuarlik yarim himoyachi transferini tezroq yakunlamoqchi. 👀
Luciano Spalletti va Riki Massara futbolchi bilan shaxsan telefon orqali bog'lanishgan, klub esa yaqin soatlar ichida bitimni rasmiylashtirishga tayyor. ⌛️
Shu bilan birga, Juventus rahbariyati tarkibni tozalash va maoshlar fondini kamaytirish ustida ishlamoqda. Bu Kessié transferini byudjetga sig'dirish va uning Turin kelishini bir necha kun ichida hal qilish uchun zarur.
Fabrisio Romano
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!