Kaka: «Real Madrid»dagi faoliyatim va jarohatlar haqida
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 5

Kaka: «Real Madrid»dagi faoliyatim va jarohatlar haqida

Kaka: «Madrid»dagi faoliyatim juda sermazmun o'tdi. Turli shaxsiy va professional lahzalar bo'ldi. Men klubga «Milan»ning eng yaxshi o'yinchisi sifatida o'tgandim. Ammo hozir «Madrid» tarixidagi eng yomon transferlar reytingiga qaraydigan bo'lsak, men Azar bilan birga eng yuqorida turaman...

«Madrid»dagi muammolarim birinchi navbatda ko'plab jarohatlar bilan bog'liq, ikkinchidan esa bosh murabbiy qarorlari bilan. Mourinyu mendan ko'ra boshqa futbolchilarni: O'zil, Di Mariya, Benzema, Ronalduni afzal ko'rardi...

Menga Peresni, futbolchilarni va klubda hali ham ishlayotgan «Madrid» xodimlarini ko'rish yoqadi. Har safar meni ko'rishganda, ular: «Real Madrid» — sening klubing. Hozir shu yerda ekanligingdan xursandmiz», deyishadi.

«Madrid»dan ketgan kunim Florentino meni ofisiga chaqirdi va shunday dedi: «Eshit, hammasi biz kutgandek bo'lmadi. Ammo sen «Real Madrid» safida to'p surganingdan juda xursandman. Sen doimo professional va ajoyib inson bo'lgansan. Sen hech qachon murabbiy, klub yoki boshqa birov haqida yomon gapirmading».

Men haqiqatan ham hech qachon hech narsa demaganman va siz hech qachon «Madrid» yoki murabbiy haqida yomon gapirganimni ko'rmaysiz. Men buni [«Madrid»dagi faoliyatimni] boshdan kechirishim kerak edi.

Har holda, yakunda kimga aylanganimdan xursandman va bu qisman «Madrid»da o'tkazgan vaqtim tufaylidir. Bu jamoada o'ynaganimdan omadliman»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!