❓Siz «Barsa» shunchaki klub emas, kataloniyaliklarning o'ziga xosligi tufayli undan ham ko'proq narsa ekanligini aytdingiz. Buni qayerdan bilgan edingiz? Bu nutqni oldindan tayyorlab qo'yganmidingiz?
🗣 Adeyemi: «Bilasizmi, men bu ma'lumotni internetdan qidirmaganman va odamlardan so'ramaganman... Men uchun bu joyni his qilish masalasi. Men bir mamlakat boshqasidan yoki bir shahar ikkinchisidan nimasi bilan farq qilishini ko'radigan va payqaydigan odamman. Shuning uchun, men bu yerga kelganimda, bu men uchun yangi muhit edi va men juda tez o'zimni uyimdagidek his qildim, shuning uchun ham bu yerda boshqa hech bir mamlakatga o'xshamaydigan o'zgacha narsa borligini tushunishim kerak edi. Aytganimdek, bavariyaliklar ham o'zlari kim ekanligidan juda faxrlanishadi va men buni bu yerga kelishim bilan darhol payqayman.«Barsa» — bu shunchaki klub emas, bu xuddi oiladek va men buni har kuni klubga borayotganimda yoki shunchaki ko'chada ketayotganimda, odamlar oldingga kelganda ko'raman... Buni ichingda his qilasan. Ular seni xush kelibsiz deb his qilishingni xohlashadi, tushunyapsizmi? Men buni keksa odamlarda ham ko'raman va men buni eng ko'p qadrlayman, chunki keksa odamlar seni televizorda yoki stadionda ko'rgani uchun senga tabassum qilishsa, bu o'smirlar seni ijtimoiy tarmoqlarda doimiy ko'rib yurishidan butunlay boshqacha tuyg'u, tushunyapsizmi? Shuning uchun bu juda iliq va qanday aytsam bo'lar ekan, xuddi oilaviydek, ha».
❓Siz Germaniyada tug'ilgansiz, onangiz ruminiyalik, otangiz esa Nigeriyadan, u yerda o'z jamg'armangiz bor.
🗣 Adeyemi: «Biz ko'p ishlar bilan shug'ullanamiz. Yaqinda biz Nigeriyaning bir hududi uchun shifoxona qurdik. U hali to'liq tayyor emas, lekin bizda o'smirlar uchun futbol klubi ham bor. Biz bolalar uchun turnirlar tashkil etishga harakat qilamiz. Shuningdek, uysiz odamlarni tunash joyi bilan ta'minlashga intilamiz. Biz turli qishloqlar uchun ko'plab suv ta'minoti nuqtalarini, shuningdek, yaxshi hojatxonalar bo'lishi uchun hojatxonalar qurdik. Otam ham ko'p ish qiladi. U deyarli har oy u yerga borib keladi. Biz uchun bu juda muhim va menga bu ish bilan shug'ullanish yoqadi. Menga ham u yerga borib, ishlar qanday ketayotganini ko'rish yoqadi».
❓U yerga tez-tez borib turasizmi?
🗣 Adeyemi: «Har yili borishga harakat qilaman. O'tgan yili bormagan edim, lekin bu yil boraman. Lekin ha, bir yoki ikki yilda bir marta u yerga boraman, ha».
❓Sizdan dolzarb mavzulardan biri haqida so'ramay suhbatni yakunlay olmayman... Sizningcha, kim «Oltin to'p»ga loyiq?
🗣 Adeyemi: «Aytish qiyin. Men uchun, birinchidan, har bir o'yinchi individualdir. Messidan tashqari, qaysidir futbolchi dunyodagi eng yaxshisi deb bo'lmaydi. Men uchun u har yili eng yaxshisi. Lekin, ha, har bir o'yinchi individualdir. Men aniq bir o'yinchini ayta olmayman, lekin nomzodlar qatoriga kirganlarning barchasi bu mukofotga loyiq deb hisoblayman. Shubhasiz, Lamin g'oliblik uchun yaqqol nomzod va u bu mukofotga to'liq loyiq bo'lardi».
🔚 Adeyemi bilan intervyu yakuni.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!