Karlo Anchelotti: Bellingem, Vinisius va Mbappe birga o'ynashga qodir
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Karlo Anchelotti: Bellingem, Vinisius va Mbappe birga o'ynashga qodir

"Qaymoqranglilar" ustozi matbuot anjumanining ikkinchi qismi.

Bellingem — Vinisius — Mbappe triosi? Men doim juda iqtidorli futbolchilar birga o'ynashni xohlashlarini aytganman, chunki ular maydonda bir xil tezlikda fikrlaydi va harakat qiladi, shuningdek, yuqori saviyadagi mahoratga ega. Jud, Vinisius va Kilian doimo bir-biriga mos tushadi.
Men ko'plab muxlislar: "Anchelotti u futbolchini ko'rishni istamaydi", "Anchelotti ularning uchalasini ham "Madrid"da ko'rishni xohlamaydi", "Anchelotti ularni jamoaviy ishlashga majburlash imkonsiz deb hisoblaydi" deyishganini eshitganman.
Ammo men doim o'z jamoamda eng yaxshi futbolchilarni ko'rishni istashimni aytib kelganman. Bellingem, Vinisius va Mbappe o'rtasida katta hamjihatlik va o'zaro tushunish bor. Men ular o'rtasida salbiy narsani sezmadim.
Bu mavsumda "Madrid" o'yinchilari o'yin amaliyoti yo'qligidan xafa bo'ladigan damlar bo'ladi. Ammo ular bu hafsalasizlikni o'zlari yengib o'tishlari kerak. Murabbiyda doim maydonga tushishga loyiq bo'lgan ajoyib tarkib bo'lganda shunday muammolar yuzaga keladi. Biz juda iqtidorli tarkibga egamiz.
Keyinchalik muammolar paydo bo'ladi, mag'lubiyatlar keladi, "Madrid" tanqidchilari haq bo'lib chiqishi mumkin, muxlislarimiz jamoani hushtakbozlik bilan kutib oladi, qisqasi, og'ir damlar keladi...
Bularning barchasi sodir bo'lishini bilaman. Aynan o'sha paytda biz kuchli bo'lishimiz, omon qolishimiz, kurashishda davom etishimiz va bularning barchasi mavsumimizni barbod qilishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Ammo o'tgan mavsumda "Madrid"ning ko'p o'yinlarini tomosha qilmaganman. Buni faqat imkon bo'lganda qilardim. Shuning uchun bu mavsumni o'tgani bilan solishtira olmayman.
Diomande juda ko'p mehnat qilmoqda. U kamtarin yigit, yangi narsalarni o'rganishni xohlaydi va menga hamda jamoadoshlariga quloq soladi. Sekin-asta Yan bilan birga o'syapmiz. Uning vaqti keladi.
Men har doim "Madrid" Diomande uchun to'lagan 100 yoki 120 million yevro haqida o'ylay olmayman... Qancha edi o'zi? Esimda yo'q (kuladi).
Diomande — juda iqtidorli o'yinchi, ammo u hali juda yosh. U yangi klubga o'tib, darhol chempionatni ostin-ustun qilib yuboradigan futbolchi emas. Shoshilmang, calma ("xotirjamroq").
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!