Kertis Jons: "Inter"ga o'tishni uzoq vaqtdan beri istagandim"
Internazionale Milano ↗ ●●●●● Matbuot 👁 23

Kertis Jons: "Inter"ga o'tishni uzoq vaqtdan beri istagandim"

Kertis Jons "Inter"ga o'tishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

Men uzoq vaqtdan beri "Inter"ga o'tishni istagandim. Rostdan ham juda xursandman. O'ylaymanki, o'tgan yili Chempionlar ligasida ular bilan to'qnash kelganimda olgan taassurotlarim muhim rol o'ynadi. "Inter" muxlislarining jamoaga bo'lgan ishtiyoqi meni hayratda qoldirdi. Albatta, sovrinlar, klub tarixi va bu libosni kiygan buyuk futbolchilar haqida ham gapirishimiz mumkin. Ammo muxlislarning ishtiyoqi hal qiluvchi omil bo'ldi: men "San-Siro" maydonida bo'lganimda ularning qo'shiqlarini va jamoani qanday qo'llab-quvvatlayotganini aniq eshitgandim. Men Liverpuldanman va har doim muxlislar mehrini, qo'llab-quvvatlashini his qilishga, ular bilan kuchli bog'liqlikni sezishga o'rganganman. Umid qilamanki, "Inter" muxlislari bilan ham o'zgacha rishta o'rnata olaman.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!