Kurtis Jons "Inter" jamoasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Men avval ham "Inter"ga qarshi o'ynaganman: bu to'p bilan ishlashni yaxshi ko'radigan jamoa. Ularda ko'plab gollar urishga, samarali uzatmalarni amalga oshirishga va xavfli vaziyatlar yaratishga qodir futbolchilar bor. Bu juda ahil jamoa, buni sezish qiyin emas: "Inter" dunyoning eng kuchli klublari bilan raqobatlasha oladi. Qolaversa, ulardagi g'alabaga bo'lgan chanqoqlikni his qilyapman. Aytganimdek, muxlislarning qo'llab-quvvatlashi shunchaki aqlbovar qilmas: ular maydonda haqiqiy o'n ikkinchi o'yinchi vazifasini o'taydi. Jamoada gollar, uzatmalar, iqtidor va tajriba borasida ajoyib balans mavjud... Bu juda qiziqarli jamoa.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!