Mbappe: "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyat biz uchun orqaga tashlangan qadam. Biz g'alaba qozonishni istagandik, ammo madrid derbisi qanchalik og'ir kechishini tushunib turgandik. Har qanday holatda ham, biz bor kuchimizni berdik va oldinga intilishimiz kerak, chunki oldinda hali uzun mavsum turibdi. Biz to'g'ri yo'ldan borishda davom etishimiz shart.
Hakamlik darajasi? Men hech qachon hakamlar haqida ko'p gapiradigan futbolchi bo'lganman deb o'ylamayman, shuning uchun hozir ham buni boshlamoqchi emasman. Mening o'z fikrim bor, lekin uni o'zimda saqlab qolishni afzal ko'raman. Hakam ham inson. Kecha u xatoga yo'l qo'ydi, lekin men bu mavzuga chuqur kirishni istamayman.
"Oltin to'p"? Men bu borada aytish mumkin bo'lgan hamma narsani aytib bo'ldim. "Oltin to'p"ga nomzodim haqida juda ko'p gapirganimda ba'zilar norozi bo'lishgandi. Lekin bo'lar ish bo'ldi. Men bunga xotirjam qarayman. Qo'limdan kelgan hamma narsani qildim va buni yaxshi uddaladim deb hisoblayman. Endi faqat kutish qoldi.
"Oltin to'p" haqidagi so'zlarimdan keyin Dembele bilan muammolar yuzaga keldimi? Usmon bilan o'rtamizda umuman hech qanday muammo yo'q. Men u bilan gaplashib oldim — u mening do'stim. Men haqiqatan ham juda xotirjamman. Xalqaro tanaffus boshlanib, Fransiya terma jamoasi o'yinlari yaqinlashganda, odamlar doimo janjal uchun sabab qidirishadi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!