Kilian Mbappe "Liverpul"ga o'tishga yaqin bo'lgani haqida gapirdi
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 14

Kilian Mbappe "Liverpul"ga o'tishga yaqin bo'lgani haqida gapirdi

Mbappe yangi intervyuda "Liverpul"ga o'tishga haqiqatan ham yaqin bo'lgani haqida so'zlab berdi. Ilgari Yurgen Klopp Jahon chempionati vaqtida bu haqda shunday degandi:

"Bu men "Monako"da o'ynayotgan paytimda yuz bergandi, o'shanda qaror qabul qilishim kerak edi. Va ha, men "Liverpul"ga o'tishga juda yaqin edim. Onam Yurgen Kloppning katta muxlisi edi va u uchun afzal variant "Liverpul" bo'lgan. U mening o'sha yerga borishimni xohlardi.
Men quloq solmadim, chunki o'z shahrim, Parijda o'ynashni istardim. Kimdir bo'lgunimcha o'z yurtimni tark etishni xohlamadim. Ammo ha, onam doim shunday derdi: "Liverpul" — agar u yerga borib, "Enfild"da o'ynasang, bu sening uchun ajoyib qadam bo'ladi". Men esa: "Xo'p!" deb javob berardim.
U muzokaralarning birinchi bosqichi uchun u yerga bordi: shaharning o'zida, stadionda bo'ldi, odamlar bilan uchrashdi. U: "Bu ajoyib klub, hammasi juda mehribon. Bu katta va oilaviy klub", deb aytgandi.
U "Enfild"da bo'lib, unga oshiq bo'lib qoldi. U muhitni his qilish uchun yolg'iz o'zi bir nechta o'yinni tomosha qildi, chunki meni o'sha stadionda tasavvur qilmoqchi edi.
Qachonki biz [faoliyatimni davom ettirish haqida] gaplashsak, men: "Nima deb o'ylaysan, ona?" deb so'rardim. U: "Mening fikrimcha, sen "Liverpul"ga borishing kerak", deb javob berardi. Men: "Xo'p, xo'p, xo'p!" derdim, chunki Yurgen Klopp ajoyib murabbiy edi.
Men u bilan uchrashdim va u bilan ajoyib munosabatlar o'rnatdim. Men uni juda hurmat qilaman.
Esimda, biz samolyotda uchayotgan edik va u o'z loyihasi haqida gapirayotganda havoda aylanib turardik. Men aytdim: "Meni ishontirishingiz shart emas. Siz Yurgen Kloppsiz, bu "Liverpul", buyuk klub, shuning uchun, albatta, agar men shu yerdamanmi, demak ma'lum bir qiziqishim bor. Ammo menda boshqa ishlar, boshqa loyihalar ham bor, ular ham yaxshi". Men unga: "Qanday qaror qabul qilmayin, u to'g'ri bo'ladi, chunki biz dunyoning eng yirik klublari haqida gaplashyapmiz", dedim.
Bu qiziqarli voqea. Ammo yakunda men PSJga o'tishga qaror qildim, chunki Parijda tug'ilib o'sgan inson sifatida o'z shahrimda yulduz bo'la olishimni ko'rsatishdan ko'ra yaxshiroq narsa yo'q edi".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!