📰 L'Équipe xabariga ko'ra, Mbappening media kampaniyasi Dembelening yaqinlari e'tiboridan chetda qolmadi. "PSJ" vingeriga yaqin bo'lgan ba'zi shaxslar — ham kiyinish xonasida, ham undan tashqarida — Mbappening ommaviy bayonotlari haqida ancha keskin fikr bildirishdi.
Avvalroq Dembeleni Mbappening ayrim ommaviy chiqishlari bir necha bor jahlini chiqargan edi. Ammo u sukut saqlashni afzal ko'rdi, chunki "Madrid" hujumchisini ko'pchilikdan yaxshiroq va juda uzoq vaqtdan beri biladi.
Biroq, Mbappe ham Dembelening kechagi so'zlaridan hayron qoldi. Shu bilan birga, "qaymoqranglilar" hujumchisi ommaviy bahs-munozaralarga kirishmoqchi emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!