Klod Makelele: "Real Madrid"da o'zaro tushunish yo'q"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 16

Klod Makelele: "Real Madrid"da o'zaro tushunish yo'q"

Klod Makelele (Madridning sobiq yarim himoyachisi): "Madrid" o'yinchilari o'rtasida o'zaro tushunish yo'q. Futbolchilar va Mourinyu o'rtasida ham shunday.

Ayni damda "Real Madrid" kuchsiz. Jamoada aniq g'oyalar va o'yin rejasi yo'q. "Madrid"da mutlaqo hech narsa yo'q. Biz jamoadan ko'proq narsani talab qilishimiz kerak. Mourinyu esa o'yinchilar bilan gaplashib olishi lozim.

"Madrid"ning muammosi hakamlarda emas. Ularni aybdor qilib ko'rsatmang. Jamoada sifat yetishmovchiligi yaqqol ko'rinib turibdi"

Lama (Cope jurnalisti): "Muammo shundaki, "Real Madrid" har safar mag'lubiyatdan keyin yomon natijalari uchun hakamlarni ayblaydi"

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!