Klod Makelele: «Real Madrid» futbolchilari va murabbiy o'rtasida o'zaro tushunish yo'q»
Klod Makelele «Real Madrid» jamoasidagi muammolar haqida gapirdi. U jamoa va murabbiy o'rtasida o'zaro tushunish yo'qligini ta'kidladi.
Klod Makelele ESPN efirida:
Hakamni ayblash kerak emas. «Real Madrid» futbolchilari o'rtasida o'zaro tushunish yo'q, jamoa bilan murabbiy o'rtasida ham bunday bog'liqlik ko'rinmayapti.
Mourinyuga futbolchilar bilan gaplashib olish zarur. Jamoa kuchsiz ko'rinmoqda, ularda o'yin uchun aniq reja yo'q. Mutlaqo hech narsa. Ular maydonga aniq o'yin g'oyasi va strategiyasiz chiqishmoqda.