Kodi Gakponing izohlari. Pol Joys yozgan ma'lumotlarni u ham tasdiqladi.
🛑 Oila va yozgi ta'til haqida
Bilmayman, hozir bu haqda gapirishning ma'nosi bormi yoki yo'q, chunki barchasi ortda qoldi. Ammo bu men va oilam uchun ham futbolda, ham hayotda juda og'ir yoz bo'ldi. Men shunchaki voqealar rivojini kuzatdim va yakunda hammasi shunday yakunlandi. Men barchasini nazorat qila olmayman, shuning uchun qo'limdan keladigan yagona ish – futbol o'ynashda davom etish. Bo'lib o'tgan yoki sodir bo'lmagan voqealar haqida ko'p o'ylashim mumkin, lekin bu vaziyatni o'zgartirmaydi. Bu juda uzun hikoya. Yoz har tomonlama og'ir kechdi, shuning uchun men vaziyatni qo'yib yubordim va yakunda shunday natija bo'ldi. Ba'zi narsalar bizga bog'liq emas, biz esa faqat o'zimiz nazorat qila oladigan ishlarni maksimal darajada bajarishimiz kerak. Men shunchaki oilam, do'stlarim va futbol hayotimdan – Niderlandiya terma jamoasi va klubdagi sheriklarim bilan zavqlanmoqchiman.
🛑 Muxlislar ko'magi va o'tgan mavsumdagi tanqidlar haqida
Ha, buni qadrlayman. "Liverpul" kabi buyuk klubda o'ynayotgan ekansiz, natija ko'rsatishingiz shart. Boshqa futbolchilar haqida gapirmoqchi emasman, lekin o'zim haqimda shuni ayta olamanki, o'tgan mavsumdagiga qaraganda ancha yaxshiroq o'ynay olishimni bilaman. Shuning uchun tanqidlar adolatsiz bo'lganmi, bilmayman. Balki shundaydir. Ammo boshqa tomondan, ularni tushunaman. "Liverpul"da siz g'alaba qozonishingiz, yaxshi o'ynashingiz va dunyoning eng yaxshi klublaridan birini ifoda etayotganingizni isbotlashingiz kerak. O'tgan mavsumda biz buni uddalay olmadik. Men ham shular qatorida.
🛑 Yangi mavsum va sheriklar bilan o'zaro tushunish haqida
Bizda yangi murabbiy, yangi g'oyalar bor va hamma o'zini ko'rsatishga harakat qilmoqda. Biz birga yana bir yil ko'proq o'ynayotganimiz ham yordam bermoqda. Jamoa o'yinida ko'proq uyg'unlik ko'zga tashlanmoqda. Biz hali ham yangi murabbiy uslubiga ko'nikishimiz kerak, ayniqsa hujumda o'zaro tushunishimiz ortdi. Aleks bilan birga yana bir yil ko'proq o'ynayapmiz. Flo Virts bilan ham bir yildan beri birgamiz, shuning uchun bir-birimiz uchun vaziyatlar yaratish osonroq. Ammo biz hali ham o'sishda davom etishimiz mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!