Vensan Kompani "Aston Villa"ga qarshi juma kuni bo'lib o'tadigan o'yin oldidan tarkibdagi o'zgarishlar haqida fikr bildirdi:
O'ylashimcha, bugun 30 daqiqa o'ynagan futbolchilar juma kuni 60 daqiqa harakat qila olishadi. Bugun maydonda 60 daqiqa bo'lganlar esa juma kuni 30 daqiqa o'ynashadi. Lucho Dias, Laymer va Stanishich bunga hali tayyor emas. Ammo Germaniya terma jamoasi a'zolari, Min Je va Ito tayyor. Bishof va Ibrohimovich kabi yigitlar tayyorgarlik jarayonini to'liq o'tkazishdi, ular biroz ko'proq yuklamani ko'tara oladi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatib, kerakli natijaga erishmoqchimiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!