Kristofer Nkunku Sport Bild nashriga bergan intervyusida o'zini «Leypsig»da xuddi uyidagidek his qilishi va klubda uzoq vaqt qolishni istashini tan oldi.
«Agar hammasi o'zimga bog'liq bo'lganida, men bu yerda yana uzoq vaqt qolardim. Ammo ikki klub o'zaro kelishib olishi kerak», — deydi futbolchi.
Fransiyalik futbolchi «Leypsig» uning faoliyatida alohida o'rin tutishini, muxlislar bilan munosabatlari va klubdagi muhitni chinakamiga oilaviy deb bilishini ta'kidladi.
Shuningdek, Nkunku yana Fransiya terma jamoasi safida maydonga tushishni orzu qiladi.
Qanday o'ylaysiz, u milliy jamoaga qaytib, u yerda o'z o'rnini mustahkamlay olarmikan?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!