Nottingham Forest Chelsea klubi bilan 23 yoshli angliyalik hujumchi Liam Delap transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv summasi 52.5 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, yana 5.8 million yevro bonus sifatida ko'zda tutilgan. Shartnoma 2031-yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Moliyaviy jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak:
● Chelsea Delapni 2025-yil yozida Ipswich klubidan 35.5 million yevroga sotib olgan edi. Yillik amortizatsiya 7.1 million yevroni, balans qoldig'i esa 28.4 million yevroni tashkil etadi.
● Chelsea uchun dastlabki foyda 24.1 million yevro, sof foyda esa (Ipswich'ning qayta sotuvdan oladigan 20 foizlik ulushini hisobga olgan holda) 19.3 million yevroni tashkil qiladi. Bonuslar faollashganda hisoblab chiqiladi.
● Yillik xarajatlardan 7.1 million yevro amortizatsiya va 7.6 million yevro maosh (jami 14.7 million yevro) chiqarib tashlanadi.
● Nottingham uchun transfer yiliga 10.5 million yevroga tushadi (besh yillik amortizatsiya) hamda maosh qo'shiladi. Bonuslar ham faollashganda xarajatlarga kiritiladi.
Chelsea uchun ajoyib bitim – muvaffaqiyatsiz chiqqan transferni (APLdagi 28 o'yinda 1+1) ham buxgalteriya, ham naqd pul jihatidan foyda bilan yopishdi. O'yinchi sotuvidan 20 million yevro foyda ko'rish – Chelsea'ning o'ziga xos buxgalteriyasi. Shu bilan birga, xarajatlar qariyb 15 million yevroga qisqardi. Forest esa rekord darajadagi transferni amalga oshirdi – bu Avoniyni Coventry'ga ketganidan keyin asosiy hujumchi sifatida ko'rilmoqda. Glasnerning o'z tizimi uchun bo'yli hujumchiga qo'ygan qimmat garovi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!