«Liverpul» shu hafta «Valensiya» va Devid Otorbining vakillariga 19 yoshli o'ng qanot vingeri uchun 30 million yevrolik tovon pulini to'lash niyatida ekanliklarini ma'lum qildi.
«Valensiya» bunga javoban darhol uning shartnomasini uch yilga (2031-yilgacha) uzaytirish bandini faollashtirdi va tovon pulini 60 million yevroga oshirdi.
Otorbi kattalar darajasida faqat shu mavsumdan boshlab maydonga tusha boshladi.
Asosiy sifatlari – to'pni oldinga olib o'tish va darvozani nishonga olish. Tasvirdagi tanlovda faqat ikki o'yinchi to'pni dribling bilan olib borib, zarba berish bo'yicha Otorbidan ustun (Vinisius va Mbappe).
O'z navbatida, zarbaga olib keluvchi paslar bo'yicha u taqdim etilgan o'yinchilar orasida eng past ko'rsatkichlarga ega.
Yoshlar jamoasida Otorbi markazda o'ynagan, biroq tezligi yuqori bo'lgani uchun uni qanotga o'tkazishga qaror qilishgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!