🛑 "Liverpul"da o'ynash talablari va ba'zi o'yinchilar (shu jumladan Virts va Barkolya) duch keladigan tanqidlar haqida
"Liverpul"ga o'tish oson emas. Bu yerda muayyan talablar va mas'uliyat bor. Shaxsan men bunga "Barselona"da duch kelganman, u yerda har bir o'yinda bor kuchingni berishing va yaxshi o'ynashing kerak.
Ko'p narsa har bir futbolchining xarakteriga va u bunday chaqiriqni qanday qabul qilishiga bog'liq.
Premer-ligaga o'tish men uchun yangi sinov bo'lishini tushunardim, ammo kelganimdan buyon birinchi lahzadan boshlab bu yerda borimni berishim kerakligiga hech qanday shubham bo'lmagan.
Katta klublarda o'ynash oson emas, lekin aynan shu narsa uchun biz bu yerga kelamiz. Bu bizning ishimiz".
🛑 yetakchilik sifatlari va yosh o'yinchilar haqida
Men ingliz tilini o'rganyapman, ammo murabbiy nima deyayotgani ham muhim. Yakuniy hisobda, men o'zim qanday bo'lsam va nimani bilsam, o'shaning bilan jamoaga foyda keltira olaman, hatto ba'zida buni ispan tilida aytsam ham.
Ammo futbolda universal til mavjud. Agar sherigingga nimadir baqirishing kerak bo'lsa, ko'pincha hamma nima demoqchi ekanligingni tushunadi. Men rivojlanishda davom etyapman va jamoaga yordam berishga harakat qilyapman.
Bizda ajoyib yosh futbolchilar bor. Agar ular haqida hozir gapira boshlasam, to'xtamayman. O'yinlar vaqtida men Jeremi va Rioni: "Barakalla", – deb rag'batlantiraman, buni allaqachon ingliz tilida aytaman. Bizda Kumas va jamoaga juda ko'p narsa berayotgan boshqa yosh yigitlar bor.
Ular klubga ajoyib kelajakni ta'minlay oladi va bu eng muhimi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!