Pol Joys xabariga ko'ra, Liverpul tarkibdagi muammolarni bartaraf etish uchun o'ng qanot va markaziy himoyada o'ynay oladigan universal futbolchi izlamoqda. Hozircha ijtimoiy tarmoqlarda ko'plab nomlar tilga olinayotgan bo'lsa-da, klub hali aniq bir nomzod ustida to'xtalmagan.
Shuningdek, Joysning yozishicha, klub markaziy himoyadagi muammolarni Leoni va Jake, hamda o'z yosh toifasidagi eng yaxshilardan hisoblangan Ndukve va Ndiaye bilan uzoq muddatga hal qilgan deb hisoblaydi. Biroq, yanvar oyida Jake bilan shartnoma imzolangan vaqtda, Liverpul Konate bilan yangi bitim imzolanishiga umid qilgan edi.
Katta ehtimol bilan, yozgi transfer oynasida klub aynan markaziy va o'ng qanot himoyachisi vazifasini bajara oladigan bitta futbolchini tarkibga qo'shib olishi kutilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!