Lukas Xogsberg: «Bu mutlaqo qabul qilib bo'lmas holat»
«Strasbur» himoyachisi Lukas Xogsberg «Tuluza»dan uchralgan 1:3 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng bahona izlab o'tirmadi. Daniyalik futbolchi jamoa muammolari haqida ochiq-oydin gapirdi.
Birinchi bo'limda o'yinni nazorat qildik. Ammo gol o'tkazib yubordik — bu ahmoqona holat.
Biz gaplashib oldik va bir-birimizga bularning barchasi mutlaqo qabul qilib bo'lmas holat ekanligini hamda yaxshiroq o'ynashimiz kerakligini aytdik.
Raqib burchak zarbasidan so'ng gol urganda, demak, nimadir noto'g'ri ketgan bo'ladi. Nima sodir bo'lganini aniqlab olishimiz kerak. Bu individual xato. Bunday gollarni o'tkazib yuborish mumkin emas.
Bizga vaziyatlar yaratish, so'nggi pas, ijodkorlik va sifat yetishmadi. Qisqa masofadagi o'yinda ancha yaxshiroq harakat qilishimiz kerak. Biz bundan ko'proq narsaga qodirmiz.
Endi «Rasing»da xatolarni tahlil qilish va navbatdagi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun ikki hafta vaqt bo'ladi. 21-noyabr kuni jamoa «Brest»ni qabul qiladi.
Xulosa chiqarish va vaziyatni o'nglash vaqti keldi! 💙🤍
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!