Lukas Xogsberg Daniya terma jamoasiga chaqirildi
Lukas Xogsberg Daniya terma jamoasiga chaqirildi. U jarohat olgan Andreas Kristensen o'rnini egallaydi.
Lukas Xogsberg Daniya U21 terma jamoasidan asosiy terma jamoaga chaqirildi. U Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi bo'lajak o'yinlarda Andreas Kristensenning o'rnini egallaydi. Kristensen «Sevilya»ga qarshi o'yinda son qismidan jarohat olib, safdan chiqqan edi.