Maks Eberl «Bavariya»ning transfer strategiyasi va futbolchilar haqida gapirdi
Die Bayern ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 19

Maks Eberl «Bavariya»ning transfer strategiyasi va futbolchilar haqida gapirdi

✨🎤 Eberl Saibari haqida:

«U kuzatuvimizda uzoq vaqt bo'ldi. Shuningdek, Entoni Gordon variantini ham ko'rib chiqqandik, ammo narxi qimmatlik qilgani uchun voz kechdik. Strategiyamiz shunday edi: yo Gordon, yo Saibari. Chempionlar ligasi doirasidagi Eyndxovendagi o'yindan so'ng Vensan Ismael bilan gaplashdi, keyin esa mendan futbolchini bilamizmi, deb so'radi. Javobim: ha. Kuzatishda davom etdik va yozda uni tarkibga qo'shib oldik»

❓ Entso Fernandes 145 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga, Bredli Barkolya 125 million yevro evaziga «Liverpul»ga o'tdi. «Bavariya» shunday summalarni sarmoya qila oladimi?

✨🎤 Eberl:

«Bavariya» — kuchli klub, buni Harri Keyn transferi bilan isbotlaganmiz. Agar qadamimiz to'g'riligiga ishonsak, yirik xaridlarga qodirmiz, lekin uzoqni ko'zlab ish tutamiz. Strategiyamiz: Chempionlar ligasi, Bundesliga va Germaniya kubogini yuta oladigan futbolchilarni jalb qilish hamda akademiya tarbiyalanuvchilarini integratsiya qilish»

❓ Maykl Olise «Real Madrid»ga o'tishi haqida mish-mishlar bo'lganmi? Olise yoki uning agentlari siz bilan bog'lanishdimi?

✨🎤 Eberl:

«Hech qachon. Jahon chempionati vaqtida Maykl menga WhatsApp orqali yozdi. Xabarni ochishdan oldin ikkilandim, balki transferni muhokama qilmoqchidir, deb o'yladim. Ammo bu Manu Kone (uni men «Gladbax»ga olib kelgandim) bilan tushgan surat va yurakcha edi. Ular Amerikadan salom yo'llashgandi. Men Mayklga 11-raqamni taklif qildim, u esa 17-raqamda qolishni istadi. Aloqalarimiz faqat shundan iborat bo'lgan, hammasi joyida»

❓ Mayklning xarakterini qanday ta'riflagan bo'lardingiz?

✨🎤 Eberl:

«Maykl shunchaki futbol o'ynashni xohlaydi. Yozda u Nyu-Yorkda paypoqda o'ynayotgan video tarqaldi. Men uni juda yaxshi ko'raman. Ba'zida bu jurnalistlar uchun qiyinlik qiladi, lekin munosabatlarimiz a'lo darajada. U ajoyib futbolchi va inson. Uning pozitsiyasi: «Futbol — mening hayotim». Aynan bizga kerakli narsa shu»

❓ Uni qancha summaga sotish haqida o'ylab ko'rardingiz?

✨🎤 Eberl:

«Agar maqsad Chempionlar ligasini yutish bo'lsa, bunday savol o'rtaga chiqmaydi. «Bavariya»ning ustunligi shundaki: bizda har qanday summa uchun sotish vasvasasi yo'q»

❓ Harri Keyn bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar bir necha haftadan beri davom etmoqda. Muvaffaqiyatga qanchalik ishonchingiz komil?

✨🎤 Eberl:

«Harri «Bavariya»ga kelgunga qadar taassurotli faoliyatga ega edi, ammo Myunxenda ilk sovrinlarini qo'lga kiritdi. U shaxsiyat va yetakchilik borasida qadam tashladi. Harrining klub va jamoadan baxtli ekanligi ko'rinib turibdi. U shartnomani uzaytirmasligiga hech qanday sabab ko'rmayapman»

❓ Vaqtinchalik chegaralarni belgilab oldingizmi?

✨🎤 Eberl:

«Buning cheksiz hikoyaga aylanib ketishini istamaymiz. Unday bo'lmaydi»

❓ Yonas Urbig kelajakda Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni bo'lishini ko'ryapsizmi?

✨🎤 Eberl:

«Bu mening qarorim emas. Bizning baholashimizcha, Yonas ulkan salohiyatga ega. Biz uning «Bavariya»da Manuel Noyerning vorisi bo'lishini tasavvur qila olamiz. Yonas Manudan o'rganishda davom etadi. Men unda Germaniya terma jamoasining potensial darvozabonini ko'ryapman. Qachon va qaysi sifatda — buni ayta olmayman»
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!