Maks Eberl qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish zarurati bor-yo'qligi haqida:
Biz tarkibdan to'liq qoniqish hosil qilganmiz, o'yinchilarimizdan ko'nglimiz to'q. Yanvar oyida yangi xaridlarni amalga oshirishimiz uchun hech qanday sabab ko'rmayapman.
Bizda hozirda sport formasining cho'qqisida bo'lgan o'yinchilar bor, shuningdek, hali o'z cho'qqisiga yetmaganlari ham mavjud. Hammasi o'z darajasiga chiqqanida va biz g'alabali seriyani boshlaganimizda, nima uchun yanvarda harakat qilishimiz kerakligini tushunmayapman.
Eberl Maykl Olisening «Arsenal»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi haqida:
Mayklning qanday futbol o'ynashini va raqiblar unga maydonda qanday munosabatda bo'lishini ko'rganingizda, bu futbolning bir qismi ekanligini tushunasiz — u bularning barchasini yengib o'tishi kerak. U provokatsiyalarga berilmasligi va raqib bilan bo'lgan yakkakurashlarda g'alaba qozonishga e'tibor qaratishi lozim.
Ammo Maykl buni to'liq anglab yetgan. Hozircha u «Leyptsig»ga qarshi o'yinga tayyor va bu eng muhimi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!