🗞 The Times:
«Manchester Siti» aybdor deb topilishi uning raqiblariga ko'p millionli tovon puli talab qilish imkonini berishi mumkin — har bir da'vo bo'yicha summa 100 million funtdan oshib ketishi ehtimoli bor. Hali 2024 yilda «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Arsenal» va «Tottenxem» «Siti»ga yuridik bildirishnomalar yuborib, jiddiy qoidabuzarliklar yuz bergan taqdirda tovon puli talab qilish huquqini saqlab qolgan edi.
Vaziyatdan xabardor manbalarning xabar berishicha: ayrim klublar allaqachon bo'lishi mumkin bo'lgan zararni 100 million funtdan ancha yuqori deb baholamoqda. Hisob-kitoblarga Chempionlar ligasiga chiqa olmaganlik sababli boy berilgan daromadlar va boshqa moliyaviy yo'qotishlar kiritilgan.
Hisoblangan foizlar esa yakuniy talablarni yanada kattalashtirishi mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!