📰 Marca xabariga ko'ra, «Barselona» «Al-Hilol»ning Mark Kasadoni sotib olish bo'yicha birinchi taklifini rad etdi. Kataloniyaliklar futbolchi uchun 30 million yevrodan ko'proq, aniqrog'i 40 million yevro atrofida mablag' talab qilmoqda. Saudiya klubi esa hozircha bunday summani to'lashga tayyor emas.
O'yinchi bilan shaxsiy kelishuvga erishilgan, biroq klublar o'rtasidagi moliyaviy tafovut transfer yakunlanishiga to'sqinlik qilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!