Marca: Mourinyo "Real"da zaxira o'yinchilariga katta e'tibor qaratmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 18

Marca: Mourinyo "Real"da zaxira o'yinchilariga katta e'tibor qaratmoqda

📰 Marca xabariga ko'ra, Mourinyo "Real"da zaxira o'rindig'ini kuchaytirishni asosiy vazifalardan biri deb bilmoqda. O'tgan mavsumda "qaymoqranglilar" zaxira futbolchilari La Ligada bor-yo'g'i 6 ta gol urishgan va ularning hech biri g'alaba keltiruvchi bo'lmagan. Espi esa zaxiradan maydonga tushib, yangi mavsumning ilk o'yinidayoq jamoasiga 3 ochko taqdim etdi.

"Real" ustozi asosiy tarkib futbolchilari boshqalarni soyada qoldirishini istamayapti. Mourinyo zaxiradagilar istalgan vaqtda maydonga tushishga tayyor bo'lishlarini xohlaydi, bu jihat jamoaga so'nggi ikki mavsumda yetishmayotgan edi.

Shu bois portugaliyalik mutaxassis "Real" o'yinchilariga asosiy tarkib uchun kurashishlari kerakligini, zaxirada qolganlaridan xafa bo'lishlari lozimligini va har doim o'yin borishini o'zgartirishga tayyor turishlari kerakligini aniq tushuntirib qo'ydi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!