Maurisio Pochettino o'zini «Chelsi» muxlislari orasida yoqimsiz ahvolga solib qo'ydi:
«Menimcha, 2016/17 yilgi mavsumda biz [«Tottenxem»] chempion bo'lishga loyiq edik, chunki o'sha vaqtda ikkinchi o'rinni egallaganmiz. Bizga chempionlik unvonini berishlari kerak edi, chunki «Chelsi» qoidalarni buzgan, ular buni o'zlari ham tan olishgan, hammasi shu.
Bunday holatda chempionlik ikkinchi o'rinni egallagan jamoaga berilishi kerak. Men shikoyat qilmayapman, yo'q. Shunchaki biz turli qoidalar asosida musobaqalashganmiz. Futbolda bir jamoa VAR bilan, ikkinchisi esa usiz o'ynashi degan gap yo'q-ku. Yoki ofsaydlar hisobga olinib, ikkinchi jamoa uchun ular inobatga olinmasligi ham mumkin emas. Bu ham xuddi shunday holat.
«Chelsi» muxlislari aytgan gaplarimdan norozi bo'lishadi. Ammo agar o'sha vaqtda «Tottenxem»da qoidalarni buzganimizda, men aynan shunday degan bo'lardim. Agar biz chempionlikni shunday yo'l bilan qo'lga kiritganimizda, men ham: «Biz bunga loyiq emasmiz, chunki qoidalarni buzganmiz», deb aytardim».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!