Mayk Din: APL hakamlari o'yin davomida yashirin chellenjlar uyushtirishgan
We Are The Arsenal ↗ ●●●●● Matbuot 👁 22

Mayk Din: APL hakamlari o'yin davomida yashirin chellenjlar uyushtirishgan

Premer-liga sobiq hakami Mayk Din APL o'yinlari vaqtida hakamlar o'zlari uchun kichik yashirin chellenjlar uyushtirib turishganini tan oldi.

Mayk Din:

«Biz ba'zida shunday derdik: "Xo'sh, o'yin boshlandi. Ko'ramiz, hushtak chalmasdan qancha vaqt dosh bera olamiz". Premer-ligada VAR paydo bo'lishidan avval buni bir necha bor amalga oshirganmiz. Hushtak chalmasdan 20–25 daqiqa o'ynagan paytlarimiz ham bo'lgan».
«Yana men markaziy doirada turib, u yerdan chiqishga majbur bo'lgunimcha qancha vaqt qola olishimni kuzatardim».

Josh Jeyms:

«Bir safar o'yinlardan birida markaziy doiradan chiqmasdan taxminan 15 daqiqa o'tkazishga muvaffaq bo'lgandim».

Mayk Din:

«Oson pul».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!