Micho: «RB Leipzig»da ishlash men uchun sharaf
Die Roten Bullen ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 33

Micho: «RB Leipzig»da ishlash men uchun sharaf

Micho bugungi matbuot anjumanida...

...Diomande haqida:

Men Yanni mashg'ulotlarda boshqarish imkoniga ega bo'lmadim. Uni videolar orqali bilaman, televizorda ko'rganman, o'tgan mavsumda Leyptsigda nimalar qilganini kuzatganman. U raqib himoyasini izdan chiqarish qobiliyatiga ega va uning kelajagi porloq. Endi hammasi o'ziga bog'liq, u nimalarga qodirligini ko'rsatishi kerak.

...sport holati haqida:

Biz yaqinda Gollandiya chempioni «PSV»ga qarshi yaxshi natija ko'rsatdik. Bu bir hafta oldin bo'lgandi va bu bizni hozir motivatsiya qilishi kerak. Albatta, raqib, maydon va stadion hozir boshqacha. Bilamizki, raqib futbolchilari to'p bilan ham, to'psiz ham juda yaxshi harakat qilishadi va ertaga biz ularga o'z o'yinimizni o'tkazishga harakat qilamiz.

...David haqida:

David — bizning sardorimiz va har bir o'yinda faol bo'lgan. Ammo men uchun har doim alohida shaxslar haqida emas, butun jamoaning o'yini haqida gapirish muhim. Individual jihatdan men futbolchilardan juda mamnunman. Va men uchun «RB Leipzig» murabbiyi bo'lish sharaf. Shuningdek, murabbiy sifatida tarkibda terma jamoa o'yinchisi David Raumning bo'lishi ham men uchun sharaf. U boshidanoq Bundesliganing birinchi turiga imkon qadar tezroq tayyor bo'lishga harakat qildi. Xudoga shukur, buning uddasidan chiqdi. Unga faqat yaxshilik tilayman. Sardor har doim muhim.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!