Manchester United chap himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi
«Manchester Yunayted» chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun Xorxe Salinas va Devid Raum variantlarini ko'rib chiqmoqda.
🗣️ Salli:
«Manchester Yunayted» Xorxe Salinas vakillari bilan muzokaralar o'tkazdi.
Klubning tahliliy bo'limi futbolchini yuqori baholamoqda va uni juda istiqbolli deb hisoblaydi.
Devid Raum ham «Yunayted» ro'yxatiga kiritilgan va klubga ma'qul kelmoqda.
«Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisi pozitsiyasi uchun barcha variantlarni ko'rib chiqishda davom etmoqda.