#Martin Demichelis — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Werder Bremen bilan durang: Demichelis jamoasi uchun qiyin sinov

Werder Bremen bilan durang: Demichelis jamoasi uchun qiyin sinov

Demichelis boshchiligidagi jamoa Werder Bremen bilan o'yinda ochko yo'qotdi. Tarkibdagi muammolar va o'yin sifati haqida fikrlar.

🫠 Safarda ochko yo'qotdik.

Bu yerda "Verder"ning har bir taym boshida ko'rsatgan yaxshi pressingini alohida ta'kidlash kerak, ular tom ma'noda bizning markazni yer bilan bitta qilishdi. Keyin esa juda mustahkam "avtobus" tashkil qilishdi, unga qarshi bizda to'pni qanotga uzatishdan boshqa hech qanday g'oya bo'lmadi. U yerda esa to'p uzoq qolmadi va ortga qaytdi.

Ha, yetakchi o'yinchilarning yo'qligi o'z ta'sirini o'tkazmoqda, ammo bu yerda yana tarkib chuqurligi masalasi ko'ndalang bo'lmoqda, u faqat qog'ozda mavjud xolos. Tez orada esa har uch kunda o'yinlar boshlanadi. Umuman olganda, hozircha Demichelisda ish juda ko'p.

Alohida Baku haqida so'rashdi, u jamoaga yordam berish uchun 180 daqiqa ham yugurishga tayyor.

Mark, Nil va Sambani debyut bilan tabriklaymiz!

Barchaga yaxshi dam olish kunlari tilaymiz.

Demichelis, Rayts va Baku g'alabali o'yin haqida fikr bildirishdi

Demichelis, Rayts va Baku g'alabali o'yin haqida fikr bildirishdi

Demichelis, Rayts va Baku g'alabali o'yindan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi.

Demichelis:

Men bu kunni hech qachon unutmayman: muxlislar performansi, jamoa o'yini, uch ochko, uchta gol – hammasi a'lo darajada o'tdi. Jamoa va barcha xodimlarga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. So'nggi 15 daqiqani hisobga olmaganda, biz hujumda ishonchli harakat qildik va o'yinni nazorat qildik. Birinchi bo'lim qiyin kechdi: raqib bizga muammolar tug'dirdi va to'psiz harakat qilgan ayrim epizodlarda nazorat yetishmadi. Ammo biz baribir vaziyatlar yaratib, birinchi golni urdik va shundan so'ng o'yinni o'z qo'limizga oldik. Ham pozitsion hujumda, ham himoyada strukturaviy jihatdan yaxshiroq harakat qildik. Ikkinchi bo'limda esa yanada agressivroq o'ynab, oldinga intildik. Men bu o'yinda ko'plab ijobiy jihatlarni ko'rdim.

Rayts:

Men hayotimning yarmini «Gladbax»da o'tkazganman, shuning uchun bu o'yin oldidan xayolimda ko'plab fikrlar bor edi. Shunchaki bor kuchimni berishga va jamoa uchun hamma narsani qilishga harakat qildim. Bu o'zgacha o'yin bo'ldi, sobiq jamoadoshlarimni ko'rganimdan xursandman. Boshida pressing bilan bog'liq muammolarimiz bor edi, ammo biz bu qiyinchilikni yengib o'tdik va gollarimizni urdik.

Baku:

Biz yetti hafta davomida og'ir tayyorgarlik ko'rdik. Hatto shundan keyin ham hech bir jamoa o'z darajasi qanday ekanligini aniq bilmaydi. Uyda 3:0 hisobida g'alaba qozonish – bu ijobiy belgi. Ammo biz keyingi o'yinlar uchun hali ko'p ishlashimiz kerakligini tushunib turibmiz. Agar xuddi shunday o'ynashda davom etsak, hamma xursand bo'ladi.
Yan Diomande transferi atrofidagi vaziyat o'zgardi

Yan Diomande transferi atrofidagi vaziyat o'zgardi

Yan Diomande transferi bo'yicha yangi tafsilotlar: futbolchi bir nechta top-klublar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Bir necha hafta avval Yan Diomande PSJga o'tishni afzal ko'rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Germaniyaning BILD nashri vaziyat biroz o'zgarganini ta'kidlamoqda: endilikda Diomande bir yo'la bir nechta Yevropa top-klublariga, jumladan, Liverpulga dastlabki roziligini bergani aytilmoqda.

U Real, Manchester Siti, Manchester Yunayted va Chelsi safiga o'tishga tayyor, biroq eng jiddiy va aniq qiziqish hamon Liverpul hamda PSJ tomonidan bildirilmoqda.

O'yinchi pozitsiyasiga ta'sir qiluvchi insoniy omillar ham mavjud. RB Leyptsig klubi Diomandening oilasini qo'llab-quvvatlagani uchun futbolchining yaqinlari bilan mustahkam ishonch o'rnatgani xabar qilinmoqda. Futbolchi buni unutmagan va bu holat uning jamoadan ketishni qanchalik qat'iy talab qilishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Yangi bosh murabbiy Martin Demichelis ham ta'tildan qaytganidan so'ng Diomande bilan shaxsan uchrashishni ustuvor vazifa deb belgilagan.

O'ng ustun yangiliklari

Demichelis «Alyans Arena»ga qaytishi haqida gapirdi

Demichelis «Alyans Arena»ga qaytishi haqida gapirdi

Martin Demikelis «Bavariya»ga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

Demikelis shu hafta bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yini uchun «Alyans Arena»ga qaytishi haqida fikr bildirdi:

«Myunxenda 12 yil yashaganman. Bu mening ikkinchi uyim. «Bavariya» yoshligimda menga imkoniyat berdi va men u yerda ulg'aydim. «Mia san mia» men uchun ko'p narsani anglatadi, shuning uchun «Alyans Arena»ga qaytish, ayniqsa murabbiy sifatida birinchi marta tashrif buyurayotganim uchun juda o'zgacha. Ammo hozirda «Leypsig» murabbiyi ekanligimdan juda faxrlanaman».