«RB Leyptsig»ning «Komo»ga qarshi o'yini oldidan tarkibdagi yangiliklar: Gruda, Uedraogo, Lyukeba va Romulo safga qaytmoqda, Baumgartner va Rayts jarohatlangan.
«Komo»ga qarshi o'yin oldidan kadrlar holati.
Tarkibga Gruda, Uedraogo, Lyukeba va Romulo qaytishi kerak.
Micho o'zining ilk matbuot anjumanida jamoa tayyorgarligi, transferlar, tarkibdagi raqobat va jamoa sardorlari borasida fikrlarini bildirib o'tdi.
🎙 Micho o'zining ilk matbuot anjumanida:
Kayfiyat haqida:
Men juda xursandman. Dastlabki olti hafta ortda qoldi va ertaga hamma narsa chinakamiga boshlanadi. Futbolchilar ham ilk rasmiy o'yinni kutishmoqda. Albatta, jarohatlar bilan bog'liq kichik muammolarimiz bor. Ammo umuman olganda, tayyorgarlikni yaxshi o'tkazdik va har hafta turli jihatlar hamda g'oyalar bo'yicha o'sishga erishayotganimizni his qildik.
Maksimovich haqida:
Maksimo, deyish mumkinki, eski maktab futbolchisi. Mening tushunchamda, bizga to'pni yaxshi ko'radigan, o'ziga xos kreativlikka ega futbolchilar kerak. Bizdagi tarkib bilan shug'ullanib, u yanada o'sishda davom etadi. Shunda u ko'proq o'yin vaqtiga ega bo'ladi. Bizga har bir pozitsiyada raqobat kerak. Shunda biz kuchliroq bo'lamiz yoki darajamizni oshiramiz. U o'z o'rni uchun kurashishga tayyor bo'lishi kerak.
Transfer oynasi haqida:
Bu futbolchilar uchun qiyin pallaligini bilaman: qolish yoki ketish, kim keladi, asosiy tarkibda o'ynaymanmi yoki yo'q. Men bu murakkab vaziyatlarni bilaman. Shu bois bugun butun jamoa bilan yig'ilib gaplashib oldik. Men har kuni Marsel bilan aloqadaman. U bizga nima kerakligini aniq biladi. Ular astoydil ishlashmoqda. Har qanday narsa yuz berishi mumkin — futbolchilar kelishi va ketishi mumkin. Eng muhimi, Marsel murabbiy sifatida mening fikrimni aniq biladi. Men har qanday holatda ham qoniqish hosil qilganman.
Xarder haqida:
Murabbiylar sifatida futbolchilar bilan yakkama-yakka gaplashishimizga to'g'ri keladigan vaziyatlar bo'ladi. Men u bilan ikki marta gaplashdim va ertaga hujumda Tidiam Gomis o'ynashiga qaror qildim.
Sardorlar haqida:
Ha, buni bugun e'lon qila olaman. David — sardor, ikkinchisi — Kristof Baumgartner. Jamoa kengashiga esa Benni Xenrixs, Villi Orban va Kastello Lyuke kiradi. Bular jamoa yetakchilari. O'ylaymanki, ikki sardor va uchta kengash a'zosi yetarli bo'ladi.