Ispaniyalik hujumchi Mark Guiu «RB Leypsig» safiga o'tdi. Transfer qiymati 17 million yevroni tashkil etib, shartnoma 2031-yilgacha mo'ljallangan.
Mark Guiu «RB Leypsig» jamoasining yangi futbolchisiga aylandi.
Transfer qiymati bonuslar bilan birga 17 million yevroni tashkil etadi. Futbolchi bilan 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolandi.
«RB Leypsig»ga o'tish – aynan menga kerak bo'lgan qadam. Klub meni o'z safiga qo'shib olish uchun ko'p kuch sarfladi. Muzokaralarimizda klub jamoada qanday rol o'ynashim kerakligini aniq belgilab berdi.
«RB Leypsig» yosh futbolchilar bu yerda eng yuqori darajada rivojlana olishini ko'p bor isbotlagan. Bu har bir turnirda yuksak maqsadlarni ko'zlaydigan ambitsiyali klub. Men ushbu maqsadlarga erishishda o'z hissamni qo'shishni va shu bilan birga har kuni o'sishda davom etishni istayman.
Mark Giu «Napoli»ga o'tishga yaqin. Neapolliklar «Chelsi» bilan transfer narxi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Mark Giu «Napoli» variantini ma'qul ko'rmoqda, klub forvard bilan shaxsiy shartnoma shartlarini deyarli kelishib oldi.
Neapolliklar «Chelsi» bilan transfer summasini muhokama qilmoqda – londonliklar hamon 25 million funt atrofida mablag' talab qilmoqda, hozirgi muloqotlarda esa 15 million funtdan yuqori summa ko'rib chiqilmoqda.
«Chelsi» shuningdek, futbolchining kelgusi sotuvidan foiz ulushini ham belgilab qo'ymoqchi.
«Sevilya» Ilenixena va Guiu transferlaridan voz kechib, hujum chizig'i uchun yangi nomzod izlamoqda.
❌ Ilenixena «Al-Ittihod»dan «Sevilya»ga ijaraga o'tish uchun ruxsat ololmadi. Bitim yakunlanishi ehtimoli juda past.
Mark Guiu ayni damda «Sevilya» uchun amalga oshirib bo'lmaydigan variant. «Chelsi» futbolchini sotib yubormoqchi (boshqa manbalar 25 million yevro miqdoridagi summani tilga olmoqda).
Ayni damda «Sevilya» hujum chizig'ini kuchaytirish uchun yashirin variant ustida faol ishlamoqda. Bu nom hali matbuotda umuman tilga olinmagan.
Ekrem Konur xabariga ko'ra, «Koventri», «Sanderlend» va bir nechta Ispaniya klublari «Chelsi» hujumchisi Mark Guiu xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ekrem Konur xabariga ko'ra, «Koventri», «Sanderlend» va bir nechta Ispaniya klublari «Chelsi» hujumchisi Mark Guiu xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
«Chelsi» ispaniyalik futbolchini ijaraga berish yoki 25 million funt sterling evaziga sotib yuborishni istamoqda. Guiu Premer-ligada 13 ta o'yinda maydonga tushib, birorta ham gol ura olmadi.
Mark Giu «Leypsig» safiga o'tishga yaqin. Futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi, transfer summasi 17 million yevroni tashkil qiladi.
Mark Giu «Leypsig»da tibbiy ko'rikdan o'tdi.
Endilikda tomonlar bir nechta hujjatlarni imzolashlari qoldi. Transfer summasi bonuslar bilan birga 17 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, kelgusidagi sotuvdan ham foiz nazarda tutilgan.
Mark Guiu "Chelsi"ni doimiy asosda tark etishi mumkin. "Chelsi" ispaniyalik hujumchi uchun 25 million funt sterling talab qilmoqda.
🚨 Mark Guiu "Chelsi"ni doimiy asosda tark etishi mumkin — ispaniyalik hujumchiga Premer-liga va Chempionlar ligasi klublari qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Bobbi Vinsent xabar berdi.
"Chelsi" ispaniyalik hujumchi uchun 25 million funt sterling talab qilmoqda.