RB Leipzig bosh murabbiyi jamoa rotatsiyasi va tarkibdagi raqobat haqida gapirdi
RB Leipzig bosh murabbiyi Micho matbuot anjumanida Bakayoko, Nkunku, Baumgartner va jamoaning kelgusi o'yinlar uchun tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.
Micho matbuot anjumanida Bakayoko haqida shunday dedi:
Bakayoko bizdan nima talab qilinishini juda yaxshi biladi. Biz futbolchilar bilan muloqot qilamiz, har bir pozitsiyadan, har bir o'yinchidan nima kutayotganimizni ko'rsatamiz. Agar futbolchi hech qachon asosiy tarkibda maydonga tushmasa, men buning sababini juda yaxshi bilaman, lekin tinimsiz mehnat qilish futbolchining mas'uliyati. Ular buning uchun har oy maosh olishadi. Shuning uchun, bu yerga kelib ishlamaslik uchun hech qanday bahona yo'q. Har doim o'ziga ajratilgan vaqtdan norozi futbolchilar bo'ladi, lekin bizga har bir o'yinchi kerak, ular buni bilishadi. Yil yakunida qandaydir o'zgarishlar bo'ladimi, ko'ramiz.
Nkunku va Baumgartner haqida:
Ularning barchasi har xil sifatlarga ega, ular deyarli o'xshash pozitsiyalarda o'ynashadi. Bunday ikki futbolchidan himoyalanish raqib uchun oson emas. Ammo biz jamoaga barqarorlik ham olib kirishimiz kerak. Baumi bugun maydonda yo'q edi, u tiklanish dasturi bo'yicha shug'ullandi. Shanba kuniga kim yaxshiroq tayyor bo'lishini ko'ramiz.
Ko'p gol urilayotgani haqida:
Gollardan juda xursandman, biz boshidanoq jozibali futbol o'ynashni xohlayotganimizni aytgan edik. Ammo murabbiy sifatida mening vazifam himoyani ham rivojlantirishdir. Kim gol urishi muhim emas, muhimi jamoa uch ochkoni qo'lga kiritishi. Biz har doim keyingi qadam haqida o'ylashimiz kerak. Ulardan biri – gol o'tkazib yubormaslik.
Rotatsiya haqida:
Biz «Union»ga qarshi eng kuchli tarkibimiz bilan boshlaymiz. Kim eng kuchlisi? Buni shanba kuni ertalab hal qilamiz.