RB Leipzig bosh murabbiyi navbatdagi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi
Die Roten Bullen ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 31

RB Leipzig bosh murabbiyi navbatdagi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi

🎙| Micho bugungi matbuot anjumanida.

...o'yin haqida:

Muhimi, juda yaxshi o'yin ko'rsatish. «Ayntraxt» bilan o'yinda 2:0 hisobidan keyin yoki 20 daqiqadan so'ng «Ayntraxt» bizni bosim ostida qoldirib, ko'plab vaziyatlar yaratgan palla bo'ldi. Biz buni to'g'irlashimiz kerak va shu ustida ishlayapmiz. Bugun bizda videoda nimadir ko'rsatish imkoniyati bor. Ammo oxir-oqibat, maydonda nima bo'layotgani muhim. Maqsad — doimo oldinga o'ynash va dam olish kunlari qilganimizdek pressing qilish. Men ijobiy kayfiyatdaman va shuni kutyapman. Ko'ramiz. Ammo, ehtimol, ertaga juda tomoshabop o'yin bo'ladi.

...rotatsiya haqida:

Men haddan tashqari ko'p rotatsiya tarafdori emasman. Men o'yinchilarga xato qilgan taqdirda darhol zaxirada qolib ketishlari mumkinligini his qildirishni istamayman. Men ishlar yaxshi ketayotganda yangi o'yinchilarni maydonga tushirishni afzal ko'raman. Shu sababli, ikki-uch nafar yangi o'yinchini maydonga tushirishimiz mumkin. Ammo hozircha bu aniq emas.

...nega Bakayoko o'tgan o'yinda tarkibda bo'lmagani haqida:

Futbolda mayda detallar yoki kichik xatolar bo'ladi, lekin bu bizning o'rtamizda qoladi. Hech qanday dahshatli narsa yo'q, u juda yaxshi yigit, biz allaqachon gaplashib oldik. U o'yindan keyingi kuniyoq jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdi va men hammasini unutdim. Ertaga u qaydnomada bo'ladi.

...Esteve haqida:

Maksim tarkibimizni kuchaytirish uchun keldi. O'yinchi 15 yoki 50 turishining tarkib shakllantirish uchun ahamiyati yo'q. O'yinchilar o'zlarini maydonda va mashg'ulotlarda ko'rsatishlari kerak. Maksim juda yaxshi o'yinchi, u a'lo formada va qachonki maydonga tushishi kerak bo'lsa, o'z o'yinini ko'rsatishi lozim. Bu uning burchi va vazifasi. Murabbiy sifatida mening vazifam — faqat bitta o'yinchi haqida emas, butun jamoa haqida o'ylash. Zaxira o'rindig'iga qaraganimda, har bir o'yinchiga ishonchim komil, barchasi tayyor.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!