"Arsenal" vakillarining "Oltin to'p"ga nomzod qilib ko'rsatilishi haqida:
Mikel Arteta: "Bu klubning hozirgi holatini, muvaffaqiyatlarini va o'yinlarimizdagi barqarorlikni aks ettiradi. Bunday e'tirofni ko'rish yoqimli. Endi bu natijalarni katta sovrinlarga aylantirishimiz kerak. Eng muhimi shu".
U eng yaxshi murabbiy murabbiy mukofotini yuta oladimi?
Mikel Arteta: "Mening uchun nomzodlar qatorida bo'lishning o'zi katta sharaf, bu aniq".
Uning fikricha, kim g'alaba qozonishga loyiq?
Mikel Arteta: "Menda ovoz berish huquqi yo'q, shuning uchun buni ekspertlarga qoldiraman".
"Arsenal"dan birdaniga yetti nafar futbolchining Angliya terma jamoasiga chaqirilishi mumkinligi haqida:
Mikel Arteta: "Avval Tomasning qarorini kutaylik, keyin esa buni muhokama qila olamiz. Men futbolchilarimizdan, tarkibimizdagi xilma-xillikdan, uning muvozanatidan, futbolchilarning xarakteridan va biz to'play olgan turli xil sifatlar majmuasidan juda mamnunman".
Edegor va Tsolisning maydondagi sezilarli bog'lamasi haqida:
Mikel Arteta: "Biz barcha futbolchilarimiz o'rtasida yaxshi o'zaro bog'liqlik bo'lishiga umid qilamiz. Bu yerda allaqachon istiqbolli boshlanish bor. Bu aloqa qanday rivojlanishini ko'ramiz. Bu juda yaxshi belgi".
Kompyuter modellari "Arsenal"ni APL va Chempionlar ligasidagi g'oliblik uchun asosiy favorit deb atayotgani haqida:
Mikel Arteta: "Meni faqat ertangi g'alabamiz ehtimoli qiziqtiradi. Bu eng muhimi. Biz bu ehtimolni maksimal darajada yuqori qilishimiz kerak. Buning uchun esa juda kuchli raqibga qarshi o'yinda g'alabaga munosib bo'lishimiz lozim".
Mikel Arteta Xavertni maqtadi: "Uning eng yaxshi pozitsiyasi o'yin talablariga va jamoaning o'sha kundagi ehtiyojlariga bog'liq. U maksimal darajada samarali va shu bilan birga oldindan aytib bo'lmaydigan bo'lishi kerak. Kay nihoyatda aqlli. Bu, ehtimol, uning asosiy fazilati. U o'yindan besh-o'n soniya oldinda. U nima bo'layotganini tushunadi, unga ko'rsatmalar kerak emas. U shunchaki harakat qiladi. Va atrofidagi futbolchilarni yaxshiroq qiladi. Bundan tashqari, u gol uradi va vaziyatlar yaratadi. Hozir u ko'rsatayotgan narsa ajoyib. Va psixologik jihatdan u ajoyib holatda".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!