🗣️ Mikel Artetaning muxlislarga murojaati:
«Biz juda xafamiz. Birinchi navbatda o'z o'yinimizdan, keyin esa natijadan. Braytonning o'yiniga va kurashiga munosib baho berish kerak. O'ylaymanki, ular g'alabaga loyiq bo'lishdi.
Sodir bo'lgan ko'p narsalar o'z xatolarimiz oqibati edi. Bugun biz ma'lum standartlar va bazaviy narsalarni umuman bajara olmadik. Shu sababli o'yin boshidanoq qiyin ahvolda qoldik, ayniqsa yakkakurashlarda va ikkinchi to'plar uchun kurashda.
Biz bu mag'lubiyatning og'rig'ini his qilishimiz kerak. Ammo bu jamoaning dastlabki olti-yetti hafta davomida ko'rsatgan o'yiniga bo'lgan bahoyimizni o'zgartirmaydi. Biz qanday raqobatlashganimiz, o'ynaganimiz va o'yinni nazorat qilganimiz juda yaxshi darajada edi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!