Mikel Arteta «Arsenal»ning «Lids» ustidan qozongan g'alabasidan nimalar ko'proq mamnun qilgani haqida gapirdi:
«O'yin oldidan ikki narsa haqida gaplashib olgandik. Birinchidan, bo'lajak sinov haqida. Bizga Premer-ligada hali biror marta mag'lub bo'lmagan jamoa qarshi chiqdi. «Lids» turnir jadvalidagi o'rniga mutlaqo loyiq va biz o'yin juda qiyin kechishini tushunib turgandik. Ikkinchidan, biz o'zligimizni qaytarishimiz, o'yin qanday kechishi va maydonda nimalar bo'lishidan qat'i nazar, yana o'zimizga aylanishimiz kerak edi.
«Brayton»ga qarshi o'yinimizdan norozi edik va bugun biz bundan-da ko'prog'iga qodir ekanimizni isbotlash imkoniyatiga ega bo'ldik. O'yin sharoitlari biz uchun eng qiyin tarzda shakllandi. Aynan shunday vaziyatda jamoamizda o'ziga xos va noyob narsa borligini ko'rsatishimiz kerak edi. Va biz aynan o'zimizdan kutganimizdek munosabat bildirdik».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!