Mikel Merino: «Artetasiz o'tkazilgan yashirin yig'ilish bizni birlashtirdi»
We Are The Arsenal ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 27

Mikel Merino: «Artetasiz o'tkazilgan yashirin yig'ilish bizni birlashtirdi»

🗣️ Mikel Merino: «Biz eng qiyin pallada Artetasiz yashirin yig'ilish o'tkazdik»

«Vulverhempton bilan 2:2 hisobidagi durangdan so'ng, ikki to'p farqi bilan oldinda borib, ustunlikni boy berganimizda, yana o'sha tanish gaplarni eshitdik: "Bu hamon o'sha Arsenal". Ochig'ini aytganda, hatto jamoa ichida ham shubhalar paydo bo'lgandi. Ertasi kuni kiyinish xonasida Artetasiz futbolchilar yig'ilishini o'tkazdik. Hamma o'z fikrini bildirdi, lekin hech kim taktika haqida gapirmadi. Biz qiyinchiliklarni butun jamoa bo'lib qanday yengishimiz kerakligi haqida gaplashdik. Men futbolchilar sifatida mas'uliyatni o'z zimmamizga olishimiz shartligini aytdim, chunki murabbiy hamma narsani yolg'iz o'zi qila olmaydi.
Klubda bir kishiga bunchalik ko'p vazifa yuklanganda, mustaqil ravishda yechim topa oladigan yetakchilar kerak bo'ladi. Aynan shunday yetakchilar Arsenalda bor. Nazarimda, aynan o'sha kuni biz Angliya chempionligini yutganmiz. Hatto Bornmut va Manchester Siti bilan o'yinlarda mag'lub bo'layotganimizda ham, o'sha yig'ilish bizga birlikni saqlashga yordam berdi. Biz barcha tanqidlarni motivatsiya uchun yoqilg'iga aylantirishga qaror qildik. Ijtimoiy tarmoqlar tufayli esa biz hamma narsani ko'rib turardik».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!