Mourinho Arda Gulerning yangi pozitsiyasidan mamnun
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 26

Mourinho Arda Gulerning yangi pozitsiyasidan mamnun

📰 AS: Mourinho Arda Guler tayanch yarim himoyachilar juftligida o'ynay olishiga to'liq amin bo'ldi. Endi murabbiy uni ushbu pozitsiyada Aurelien Tchuameni bilan birga tez-tez ishlatishni rejalashtirmoqda.

"Madrid" ustozi turkiyalik futbolchi tayanch zonada jamoaga o'yin ustidan ancha katta nazoratni taqdim etishiga ishonadi. Bu pozitsiyada Guler o'yinni chuqurlikdan boshqarishi, to'p harakatini tashkil etishi, jamoaga pas orqali himoyadan chiqishda yordam berishi va hujumkor futbolchilarning tezligidan foydalanib, kesuvchi paslar uzatishi mumkin.

Mourinho, shuningdek, Guler va Jude Bellinghamning pozitsion almashinuvlari "Sevilya" himoyasini sarosimaga solganidan juda mamnun.

Federico Valverde esa o'ng qanotda o'ynashga tayyor. U o'zini bu pozitsiyada qulay his qilmoqda.

📰 Marca: Valverde "El-Klasiko"ni (25.10, 23:00) ilk daqiqalardan yo o'ng qanot himoyachisi, yo o'ng qanot hujumchisi sifatida boshlaydi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!